4/10/19

Maktabimga kitob sovg'a qilaman


Toshkent tumani 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan “Maktabimga kitob sovg’a qilaman” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni o’tkazilgan yig’ilishida mamlakatimiz yoshlarining keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirish, aholi ayniqsa yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida dolzarb vazifalar belgilangan.
Shu maqsadda 19-maktabda “Maktabimga kitob sovg’a qilaman” tadbiri keng miqyosda o’tkazildi. Unda kitob marafoni tashkil etilib, sobiq maktab bitruvchilari tomonidan maktab kutubxonasiga turli turdagi badiiy kitoblar sovg’a qilindi. Marafon bayramona tarzda o’tkazildi. Unda yozuvchi Shukrullo Abdullayev, shoir Erkin Akromov, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Amir Temur ekspeditsiyasi rahbari Ashrafxo’jayev Faxriddinxo’ja, Xasanboy Guzari MFY raisi Karimov Samig’beri, Bahor MFY raisi Saidkarimov Ilhom qatnashdilar. Ular ham maktabga kitoblar sovg’a qilishdi.

Maktab o’quvchilari tomonidan kitob haqida she’rlar tinglandi.
Maktabda fan olimpiadasi va bilimlar bellashuvida yuqori o’rin olgan o’quvchilarga sobiq bituruvchilar tomonidan kitoblar sovg’a qilindi.

Sobiq maktab rahbari Zokirov Sodiq ham tashrif buyurib bilim olish kasb tanlashda kitobning ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi. 

Tadbirga tuman hokimi Akbar Asqarovich Sulaymonov ham tashrif buyurib maktabga kitoblar sovg'a qildi. O'qituvchi o'quvchilar bilan suhbatlashdi. Ularni kitob o'qishga, yaxshi bilim olishga, yaxshi kasb egallashga targ'ib qildi.

Kitob targ’iboti haqida videoroliklar namoyish etildi.
Maktabda tashkil etilgan “Badiiy gimnastika”, “To’quvchilik” va “Yosh rassomlar” to’garak a’zolari ishlari namoyish etildi.


No comments:

19-maktabda So'nggi qo'ng'iroq tadbiri

Toshkent viloyati Toshkent tumani XTB ga ga qarashli 19-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Mening maktabim, mening uyim" shi...