1/11/19

Tuman olimpiadasi natijalari

2019-yil 7-8- yanvar kunlari Toshkent tumanida fan olimpiadalarining 2-bosqichi boʻlib oʻtdi. Fan olimpiadalari tumanning eng namunali boʻlgan 9-,11-,26-maktablarida boʻlib oʻtdi. Bu olimpiadada bizning 19-maktab oʻquvchilari munosib qatnashishdi va faxrli oʻrinlarni egallashdi. Jumladan 9-sinf oʻquvchisi Sayfiddinxoʻjayev Saydumar iqtisod fanidan faxrli 1-oʻrinni egallab viloyat bosqichiga yoʻl oldi. 10-sinf oʻquvchilari Muqimova Muxlisa huquq fani boʻyicha, Odilov Elyor geografiya fani boʻyicha faxrli oʻrinlarni egallab viloyat bosqichiga yoʻllanma oldilar. Maktabimiz umumiy hisobda tuman miqyosida kuchli 10 talikdan joy egalladi. Va bu esa oʻtgan yillarga nisbatan ancha yuqori.

No comments:

19-maktabda So'nggi qo'ng'iroq tadbiri

Toshkent viloyati Toshkent tumani XTB ga ga qarashli 19-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Mening maktabim, mening uyim" shi...