5/25/19

19-maktabda So'nggi qo'ng'iroq tadbiri

Toshkent viloyati Toshkent tumani XTB ga ga qarashli 19-umumiy o'rta ta'lim
maktabida "Mening maktabim, mening uyim" shiori ostida birinchi, to'qqizinchi va 11-sinf o'quvchilari ishtirokida so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirga maktabning barcha o'qituvchilari, ota-onalar hamda Toshken tumani hokimi Akbar Asqarovich Sulaymonov tashrif buyurishdi. Maktab direktori N.A.Qayumova so'zga chiqib bayram bilan barcha bitiruvchilarni tabriklab tadbirni ochib berdi. Shundan so'ng, birin-ketin bitiruvchilar sahnaga chiqib, kuy qo'shiq, raqs va ustozlarga atalgan she'rlar aytib hammani hushnud qilishdi. 9 va 1 sinf o'quvchilari ham oʻz navbatida chiqish qilib bayram bilan tabriklashdi. Tadbir so'ngida tumani hokimi Akbar Asqarovich Sulaymonov so'zga chiqib barcha bitiruvchilarni taʼlimning keyingi bosqichini boshlab katta hayotga qadam qoʻyayotgan yosh avlodni tabriklab ularga tantanali tarzda tashakkur izhor qildi. Maktabda namunali hulqi bilan birga a'lo baholarga oʻqigan bitiruvchilar, ularning ota-onalari va tarbiya bergan ustozlariga faxriy yorliq va tashakkurnomalar berdi.








19-maktabda So'nggi qo'ng'iroq tadbiri

Toshkent viloyati Toshkent tumani XTB ga ga qarashli 19-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Mening maktabim, mening uyim" shi...